4 243
“Toshshahartransxizmat” xodimasini haqorat qilgan “Damas” haydovchisiga jazo tayinlandi (foto, video)
Ijtimoiy tarmoqlarda oʻzini “Toshshahartransxizmat” xodimi deb tanishtirgan ayol va avtobus bekatida toʻxtab yoʻlovchi olish bilan shugʻullanadigan “Damas” haydovchisi oʻrtasida yuzaga kelgan mojaro tasvirlangan videoyozuv tarqalgandi.
Ayol haydovchiga avtobus bekatida mashinani toʻxtatish mumkin emasligini aytadi. Haydovchi uning telefonda videoga olishiga eʼtiroz bildiradi hamda ayolning ortidan kelib turtib yuboradi. Orada mojaroga militsiya xodimi kelib aralashib, ularni ajratib qoʻyadi va voqea joyidan ketadi.
“Текин томоша” - автобус бекатида тўхтаган “дамасчи” ва “Тошшаҳартрансхизмат” ходимининг жанжалига ҳеч ким аралашмади“Текин томоша” - автобус бекатида тўхтаган “дамасчи” ва “Тошшаҳартрансхизмат” ходимининг жанжалига ҳеч ким аралашмади ➥ Батафсил: https://kun.uz/33571684
Опубликовано Kun.uz Суббота, 6 октября 2018 г.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining maʼlum qilishicha, “Damas” haydovchisiga Mirzo Ulugʻbek tumani maʼmuriy sudi tomonidan uch sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan, shuningdek, u 368 ming soʻmlik jarimaga tortilgan.
Foto: IIBB axborot xizmati
IIBBning qayd etishicha, ichki ishlar xodimi metropolitendagi postda xizmat olib borgan, u yoʻriqnomada belgilangan tartibda ish koʻrgan. U postni tashlab, tartibni saqlash uchun choralar koʻrgani aytiladi: xodim yaqin oradagi patrul-post xizmati naryadini chaqirgan. Shundan soʻng xodim postga qaytib ketgan.
Afsuski, shu voqeani koʻrib turgan biror erkak na haydovchiga tanbeh berdi, na ayolni tinchlantirdi. Yurtdoshlarimizning fuqarolik burchiga munosabati shunaqa, deyiladi IIBB xabarida.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Matiz” avtomobili haydovchisining jamoat transporti bekatida toʻxtab turib, avtobuslar harakati uchun muammolar keltirib chiqargani tasvirlangan video eʼlon qilingan va unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128-6- (Transport vositalari haydovchilarining toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi) va 135-moddasi (Yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgani xabar qilingandi.
Bundan tashqari, Shayxontohur tumani maʼmuriy sudi tomonidan “Matiz” haydovchisi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikda aybdor deb topilgan va unga 5 sutkagacha boʻlgan muddatda maʼmuriy qamoq koʻrinishidagi jazo tayinlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi