Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasida yuk mashinalarining olti kilometrlik tirbandligi yuzaga keldi. Bu haqda “Xabar” nashri maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, Turkiston viloyatidagi Bauыrjan Konыsbayev nomidagi bojxona postidan oʻtish uchun haydovchilar kunlab kutishmoqda. Haydovchilarning soʻzlariga koʻra, navbatsiz oʻtayotganlar ham bor.
Haydovchilarning eʼtiroz bildirishicha, ular hattoki hech nimani buzmasalar ham, postlarda pul toʻlashiga toʻgʻri kelmoqda. Turkiston viloyatining davlat daromadlari departamentida norozi boʻlganlardan shikoyat qilish soʻralgan. Sababi ularga hatto ishonch telefonlari orqali ham hech qanday signal berilmagan.
Ularning maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston chegarasidagi postlar avral (yopirilib ishlash) rejimida 24 soat davomida ishlayapti. U yerda belgilangan 100 ta yuk mashinasi oʻrniga, kuniga 150 ta avtomobil oʻtmoqda. Bu holat mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlashning keskin oʻsishi bilan bogʻliq.
“Navbatsiz oʻtayotganlar 300-400 dollardan berishmoqda. Agar bu pulni bermasang, uch-toʻrt kun kutasan. Agar navbat bilan borgan taqdiringda ham, baribir 100 dollardan soʻrashmoqda. Misol uchun, menda 8 tonna yuk bor, menga esa: «agar pul bermasang, meʼyoridan 2 tonna koʻp yuk ortilgan deb yozaman, jarima toʻlaysan” deyishdi. Bu holat Qozogʻistonda, Oʻzbekistonda bunaqasi yoʻq», – deydi Gʻulom ismli haydovchi.
Aytilishicha, haydovchilar qiyin sharoitlarda bir necha kunlab tunashlariga toʻgʻri kelmoqda. Ayniqsa, tez buziladigan mahsulot ortilgan yuk egalari koʻproq aziyat chekishmoqda. Shuncha qiyinchiliklardan tashqari, yana qoʻshimcha pul talab etilayotgani haydovchilarni gʻazabini oshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi