Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro S.G. va fuqaro B.A.lar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining soxta diplomi bilan 21 yil davomida faoliyat yuritishgan. Bu haqda Bosh prokuratura rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Mirishkor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro S.G. tumandagi 8-sonli umumta’lim maktabida 1993 yildan 2018 yilga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va fuqaro B.A. 9-sonli umumta’lim maktabida 1997 yildan 2018 yilga qadar jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlab kelganliklari aniqlangan.
Tekshirish davomida fuqarolar S.G. va B.A.larga qalbaki diplomlarni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan X.Z. ismli shaxs tayyorlab berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi