21:15 / 26.10.2018
3 082

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yagona viza joriy etiladimi?

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yagona viza joriy etiladimi?
Ostona shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida tomonlar konsullik bo‘yicha o‘zaro munosabatlar holatini muhokamadan o‘tkazdi va yakunda tegishli protokol qabul qilindi. Unda Qozog‘iston tomonidan konsullik xizmatlari departamenti boshlig‘i Tauboldi Umbetbayev, O‘zbekiston tomonidan konsullik-huquq departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Fariddin Nasriyev ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida ikki mamlakat o‘rtasida turizmni rivojlantirishga xizmat qiladigan Silk Road(Buyuk ipak yo‘li) vizasini joriy etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida shengen vizasi kabi yagona vizani yaratish g‘oyasi qozog‘istonlik senator Darig‘a Nazarboyeva tomonidan shu yil iyun oyida ilk bor bildirilgan edi. Uning fikricha, bu O‘rta Osiyoga yanada ko‘proq turistlarni jalb etish imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yagona viza joriy etiladimi?