2018 yil 29 noyabr kuni soat 01:30larda 4 nafar noma’lum shaxs mast holda Jizzax viloyatining Forish tumani hududida xizmat vaqti va kiyimida bo‘lgan tuman IIB xodimining bosh va yuz qismlariga urib-tepib jarohat yetkazib, voqea joyidan qochib ketganlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada xodim kasalxonaga yotqizilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Xonbandi” MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan Sh.U., F.G‘., J.H. va “Oqtepa” MFYda yashovchi H.M. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi