“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining ish vaqtini soat 19:00 gacha uzaytirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Bildirilishicha, bugungi kunda davlat va ayrim nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ish vaqti bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga (MTM) qatnashida muammolarni yuzaga keltirmoqda. MTMlarda ish vaqtining kechki 17:00 gacha belgilangani sabab, ota-onalar ishdan uzilgan holda farzandlarini muassasalardan olishi yoki noilojlikdan yaqin bo‘lmagan odamlarga farzandlarini vaqtinchalik tashlab ketishga majbur bo‘lishmoqda. Bu holat ayniqsa, istiqomat qiladigan hududda qarindoshi yoki yaqin odami bo‘lmagan ota-onalar uchun murakkablik tug‘dirmoqda, deyiladi murojaatda.
“Bugungi kunda prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan MTMlar faoliyatini kengaytirish, ular uchun qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar yaratish bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilinib, tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shundan kelib chiqib, mazkur masalani MTMlarda mavjud kadrlarning ish vaqtlarini qayta taqsimlash yo‘li bilan yoki navbatchi xodimlarni biriktirgan holda hal etish maqsadga muvofiq”, - deb yozadi petitsiya muallifi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi