27 dekabr kuni Toshkent shahrida ikkita jiddiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Yunusobod hamda Mirobod tumanlarida ro‘y bergan YTHlar haqida ma’lumot bergan.
IIBB xabariga ko‘ra, soat taxminan 11:50 da Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasida joylashgan temiryo‘l kesishmasida «Taksi lyuks» kompaniyasiga tegishli Lacetti avtomobili haydovchisi nazorat ostidagi yopiq to‘siqqa borib urilgan va buning oqibatida avtomashina ishdan chiqqan.
Haydovchi va ikki yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. YTHga haydovchining temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidalarini buzgani sabab bo‘lgani aytilgan. «49 yoshli haydovchi K.Mahmudov tomonidan temiryo‘l kesishmasini kesib o‘tish qoidalarining buzilganligi ushbu yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lgan», — deyiladi IIBB axborotida.
Foto: IIBB
Shu kuni soat taxminan 12:30 da esa Kichik halqa yo‘lining Mirobod tumanidan o‘tgan qismida «AS Invest Grupp»ga tegishli Howo yuk avtomobili ag‘darilib ketgan. Qayd etilishicha, 19 yoshli haydovchi tajribasizlik qilib mashina boshqaruvini yo‘qotgan. Yuk mashinasiga ortilgan yuk (tosh va qum) yo‘lga to‘kilib ketgan, hech kim jabrlanmagan. «Haydovchi hamda yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari zarar ko‘rmagan», — deyiladi IIBB xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi