Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 24 noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga muvofiq, Toshkent hududidagi bojxona postlarida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish bo‘yicha bepul asosda xizmat ko‘rsatuvchi «front-ofis»ga ishga taklif etmoqda.
«Front-ofis»ga nomzodlar tanlov asosida tanlab olinadi. Tanlovdan o‘tgan nomzodlar fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga qabul qilinadi hamda ularga ishbay asnoda ish haqi to‘lanadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- o‘rta maxsus yoxud oliy ta’lim muassasalarining diplomiga ega bo‘lishi;
- bojxona qonunchiligiga oid bilimlarga va ularni amaliyotga qo‘llash, shuningdek, tashkiliy texnikalar (kompyuter, skaner, printer
va boshqalar) bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- yuklatilgan majburiyatlarni bajarishga qodir bo‘lishi;
- bojxona va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan salbiy asoslar bilan bo‘shatilmagan bo‘lishi kerak.
Talab etiladigan hujjatlar:
1) fuqarolik pasport nusxasi;
2) 086/u shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
3) narkologiya va ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma;
4) oxirgi ish joyidan tavsifnoma hamda ma’lumoti to‘g‘risida diplom.
Murojaat uchun manzillar:
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi: Toshkent shahri, Bunyodkor shoh ko‘chasi 35, tel.: 71-120-76-76;
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi 90-uy, tel.: 71-120-86-10;
“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi: Toshkent shahri, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti, tel.: 71-120-86-30. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi