20:33 / 07.01.2019
3 899

Qarsakbozlikdan qachon qutulamiz?

Qarsakbozlikdan qachon qutulamiz?
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Alisher Qodirov O‘zA muxbirining “Qachon qarsakbozlikdan qutilamiz?”, savoliga javob berdi.

– Xalqimiz bag‘rikeng, ochiq chehrali, eng muhimi, yaxshilikni biluvchi va minnatdor qalb kechinmalarini ifoda etishni xush ko‘radi. Bugun o‘z davlat rahbaridan cheksiz hurmat ko‘rayotgan, rag‘batlantirilayotgan insonlar hissiyotlarini qay ko‘rinishda bo‘lsa ham bildirishni istaydi. Buning bir yo‘li – qarsak.

Ammo haddan ziyod qarsakbozlik doim qoralanadi. Shu nuqtai nazardan, rasmiy yig‘ilish, ommaviy yig‘in va madaniy tadbirlarda ortiqcha qarsakbozlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun ishtirokchilarning, tomoshabinlarning etik va estetik madaniyatini rivojlantirish maqsadga muvofiq.

Tinglovchilik, muomala, muloqot, munosabat masalalariga bag‘ishlangan maxsus risola va qo‘llanmalar tayyorlash, ommaviy yig‘ilish, rasmiy yig‘in va madaniy tadbirlarni tashkil qilish, boshqarish, o‘tkazish, ishtirok etish madaniyati bo‘yicha maxsus yo‘riqnomalar ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish joiz.

Davlat rahbari tomonidan o‘tkaziladigan muhim yig‘inlar oldidan ishtirokchilar uchun qisqa fursatli tushuntirish ishlarini tashkil qilish lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarsakbozlikdan qachon qutulamiz?