23:30 / 07.01.2019
3 867

Oʻzbekistonda yoʻlovchi tashuvchi tadbirkorlar qoʻshimcha litsenziya olishi talab etilmaydi

Oʻzbekistonda yoʻlovchi tashuvchi tadbirkorlar qoʻshimcha litsenziya olishi talab etilmaydi
Foto: Sputnik
2019—2021 yillar davomida har yili 1 fevralga qadar Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga 5 million AQSH dollari ekvivalentidagi pul mablagʻlari oʻtkazib boriladi. Bu Prezidentning turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorida koʻzda tutilgan, deya xabar beradi “Daryo”.

Namunaviy, shu jumladan tarmoqli loyihalar asosida zamonaviy sanitar-gigiyenik shoxobchalarni qurish uchun 80-100 kvadrat metr oʻlchamda yer uchastkalarini elektron auksionga qoʻymasdan olish uchun tadbirkorlarga ustuvorlik huquqi taqdim etiladi.

2022 yilning 1 yanvariga qadar olib kiriladigan turistlar tashrif buyuradigan joylarga oʻrnatiladigan antivandal sanitariya-gigiyena shoxobchalari, shuningdek, moddiy madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatrlar, galereyalar va belgilangan tartibda shakllantirilgan roʻyxatdagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar uchun moʻljallangan asbob-uskunalar, turniketlar, dasturiy taʼminot, toʻlovni amalga oshirish - maʼlumot olish terminallari, videokuzatuv uskunalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi.

Qaror bilan:

- Mehmonxona ichida joylashgan yoki unga tegishli boʻlgan alkogol mahsulotlari (bar, mini-bar, kafe, restoran) sotuvi bilan shugʻullanadigan umumiy ovqatlanish obyektlari va savdo nuqtalari uchun alohida ruxsat guvohnomasi;

- aeroportdan, temir yoʻl/avtoyoʻl vokzallaridan mehmonxonaga va undan qaytishga, shuningdek, turizm obyektlariga oʻzining ijarachilari transport xizmatlarini koʻrsatishi uchun litsenziya;

- shahar va shaharlararo yoʻlovchi tashuvchi tadbirkorlardan mahalliy va xorijiy fuqarolarga mamlakat boʻylab nomuntazam, shaharlararo yoʻlovchi tashish uchun tegishli litsenziyaga ega avtobus yoki kichik avtobus xizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha litsenziya olish talablari bekor qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda yoʻlovchi tashuvchi tadbirkorlar qoʻshimcha litsenziya olishi talab etilmaydi