16:10 / 26.01.2019
5 999

Bosqinchilardan birini xonadon egasi tutib oldi (video)


Joriy yilning 16 yanvaridan 17 yanvariga oʻtar kechasi soat 2:30 da 6 nafar shaxslardan iborat jinoiy guruh yuzlariga niqob taqib Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi xonadonlardan biriga bostirib kiradi. Ular qoʻllariga qoʻlqop va temir boʻlagi hamda yogʻochdan yasalgan tayoq bilan qurollanib olishgan boʻlgan. Bu haqda “Oʻzbekiston24” telekanalida lavha namoyish etildi.

Bosqinchilarning bu xatti-harakati xonadonda oʻrnatilgan kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. Jinoiy guruh aʼzolarining 4 nafari devor oshib, hovliga kiradi va tashqarida qolgan 2 ta sherigiga darvozani ochib beradi. Bu paytda xonadon egalari uyda boʻlishmagan. Uyda boʻlgan qorovul va enaga esa bosqinchilarni sezishmagan.

Jinoiy guruh aʼzolari ushbu xonadondan koʻp miqdorda pullarni va boshqa moddiy boyliklarni olib ketmoqchi boʻlib turgan vaqtida uy egasi kelib qoladi.

Tashqariga chiqqan qorovul bosqinchilarni uy egasi bilan birga kelgan mehmon deb oʻylab ular bilan salomlashmoqchi boʻladi. Bosqinchilar esa unga turli tan jarohatlari yetkazib, qochishga tushishadi. Xonadon egasi ularning ortidan taʼqib qilib, bittasini tutadi va ichki ishlar xodimlariga topshiradi.

Hodisadan xabardor boʻlgan IIBB tezkor xodimlari ham zudlik bilan voqea joyiga yetib kelishgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida jinoiy guruhning boshqa aʼzolari ham oʻsha kunning oʻzida ushlangan.

Mazkur holat boʻyicha JKning 164-moddasi 4-qismi (bosqinchilik) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosqinchilardan birini xonadon egasi tutib oldi (video)