Guliston shahridagi “Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi”da o‘quv kurslari boshlandi deb yozadi "Xalq so‘zi" nashri.
- Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” mustahkam va namunali oilalar ko‘payishiga sezilarli hissa qo‘shishiga shubha yo‘q, deydi mazkur “Nikoh uyi” mudirasi Lola Muratova.
- Bu yerda bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar uchun oilaviy munosabatlarning ma’naviy-axloqiy asoslari, oila iqtisodiyoti, ro‘zg‘or va byudjetini yuritish, oiladagi ijtimoiy muhim, nikoh munosabatlari, sog‘lom turmush tarzi, gender masalalari, oilaviy munosabatlarni uyg‘unlashtirish va nizolarning oldini olish, muloqot madaniyati, huquqiy munosabatlar, oilani idora etish kabi masalalar yuzasidan mahorat darslari o‘tiladi. Mavjud o‘quv dasturlaridagi ma’lumotlar ilmiy-uslubiy jihatdan, ya’ni milliy qadriyatlar asoslarining zamonning fan va jamiyat taraqqiyoti tendensiyalari bilan, psixologiya va boshqa ijtimoiy-huquqiy sohalardagi yangiliklari – innovatsiyalari bilan uyg‘un holda amalga oshiriladi.
Innovatsion maktabda FHDYo bo‘limlariga nikoh uchun ariza topshirganlardan tashqari turmush qurishni rejalashtirayotgan yigit-qizlar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchi o‘quvchilari uchun qisqa muddatli axborot sessiyalari ham tashkil etiladi. Qizlar uchun “Oila” markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Oila” mobil ilovasi, kelin-kuyovlarga esa “Mustahkam oilaga yo‘llanma” yon daftarchalari taqdim qilinadi. Shuningdek, masofadan o‘qitish va maslahat berish shakllari ham yo‘lga qo‘yiladi.
Ma’lumot uchun, bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktablari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin –qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2018 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida “Oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi