6 247
“Pulkovo”da “Oʻzbekiston havo yoʻllari” samolyoti bilan yuz bergan hodisaning ehtimoliy sabablari aytildi
Toshkentdan Sankt-Peterburgga uchib kelgan yoʻlovchi samolyotining “Pulkovo” aeroportida uchish-qoʻnish yoʻlagidan tashqariga chiqib ketishiga yomon ob-havo sharoiti va yoʻlakning holati sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Bu haqda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz maʼlum qildi.
Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 21:59da qoʻngan, biroq samolyotni boshqarish vaqtida yoʻlakdan chiqib ketgan. Samolyot bortida 241 nafar yoʻlovchi, 15 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
“RF tergov qoʻmitasi va Rosaviatsiya “Pulkovo” aeroportidagi hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda”, deyiladi aviakompaniya xabarida.
Hodisa sabab HY632/02MAR19 reysining uchirilishi vaqti koʻchirildi. Aviakompaniyaning Sankt-Peterburgdagi vakolatxonasi ushbu reys yoʻlovchilarini mehmonxonada joylashtirish chorasini koʻrdi. Mazkur reysga oid maʼlumotlarni aviakompaniyaning Sankt-Peterburgdagi vakolatxonasidan +7-911-780-00-11 raqamiga hamda “Toshkent” aeroportining +99878-140-28-01, +99878-140-28-02, +99878-140-28-03, +99878-140-28-04 raqamlariga qoʻngʻiroq qilib olish mumkinligi aytilmoqda.
Rossiya tergov qoʻmitasi va Rosaviatsiya “Pulkovo” aeroportidagi holat yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi