19:19 / 06.03.2019
8 308

Sharof Muqimovning bu achchiq soʻzlari kimga atalgan?

Sharof Muqimovning bu achchiq soʻzlari kimga atalgan?
Hozirgi kunda oynai jahon orqali kamnamo boʻlib qolgan Sharof Muqimov kecha instagram sahifasiga gʻalati bir post joylashtirdi. Unda juda achchiq soʻzlar mavjud.

– Lafzi yoʻq ijodkorlarning hurmati va qobiliyati men uchun 0 qiymatga teng. Rahmim keladi, shunaqa ojizlarga. Nechtasi keldi-yu, nechtasi ketdi. Eng qizigʻi, ozgina davr surayotganlarni yurish-turishi, muomalasi, injiqqina boʻlib, nimalardir unga yoqmayotganligi (yulduzlik kasalligi), telefonlarni koʻtarmay qolishlari, 4 soʻm pul topib, noziklashayotganlari, oʻzini oliylardan devorishlarini kuzatib, jilmayasan. Eng qizigʻi, koʻp vaqt oʻtmay, shu gʻalati feʼli evaziga surayotgan davri qisqarib, oʻz joyiga tushib, yuvoshgina boʻlib qolishadi. Bu hayot yoʻli kimlarni ne koʻyga solmadi, deysiz. Yaqinlaring oʻzgarishayotgani taajjubga solar ekan. Gapirsang, gap yoqmaydi, tergasang, asabing ketadi. Erkakmisan, erkaklarcha hayot kechir. Hammasi ustoz koʻrmaslik va maʼnan qashshoqlikdandir. Gap egalarini topadi…

Qiziq, xonandaning bu achchiq gaplari kimga atalgan ekan-a?!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sharof Muqimovning bu achchiq soʻzlari kimga atalgan?