23:09 / 13.03.2019
6 640

Samarqandda oʻquvchi qiz kiyim doʻkoniga oʻgʻrilikka tushdi (foto)

Samarqandda oʻquvchi qiz kiyim doʻkoniga oʻgʻrilikka tushdi (foto)
Foto: Samarqand viloyati IIB
12 mart kuni soat 02:07 da Jomboy tuman qoʻriqlash boʻlimi TQPga tumanning Galakapa koʻchasida joylashgan “Jasur-Sanjar savdo” MCHJga qarashli kiyim doʻkoniga buzib kirish holati roʻy berganligi haqida signal kelib tushdi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB matbuot xizmatiga tayanib “Daryo” nashri maʼlum qildi.

Jomboy tuman IIB TQPning tezkor harakatlanuvchi guruh aʼzolari voqea joyiga yetib borib obyektni koʻzdan kechirganda obyektning koʻcha tomondagi oynasi gʻisht yordamida sindirilganligi aniqlangan. Doʻkon ichida boʻlgan 18 yoshli T.M. qoʻlga olingan.

Foto: Samarqand viloyati IIB
Kiyim-kechak doʻkoniga oʻgʻrilikka kirgan T.M. Jomboy tumanidagi 26-umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi ekanligi aniqlangan va tuman IIBga olib kelib topshirilgan.

Holat boʻyicha Jomboy tuman IIB tomonidan surishtirish ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda oʻquvchi qiz kiyim doʻkoniga oʻgʻrilikka tushdi (foto)