14:30 / 21.03.2019
5 539

Huquq-tartibot idoralari esa bu harakatni qasddan jinoyatgacha olib bormoqda… Jinoyat sodir etishni oʻz oldiga maqsad qilib, ushbu qilmishni rejalashtirayotgan fuqaroning bu harakatlari hali jinoyat hisoblanmaydi, — deydi Toshkent shahridagi “EGIDA

Huquq-tartibot idoralari esa bu harakatni qasddan jinoyatgacha olib bormoqda…  Jinoyat sodir etishni oʻz oldiga maqsad qilib, ushbu qilmishni rejalashtirayotgan fuqaroning bu harakatlari hali jinoyat hisoblanmaydi, — deydi Toshkent shahridagi “EGIDA
Huquq-tartibot idoralari esa bu harakatni qasddan jinoyatgacha olib bormoqda…

Jinoyat sodir etishni oʻz oldiga maqsad qilib, ushbu qilmishni rejalashtirayotgan fuqaroning bu harakatlari hali jinoyat hisoblanmaydi, — deydi Toshkent shahridagi “EGIDA” advokatlik byurosi advokati Abdurahmon HAMIDOV.

— Demak, bunday fuqaroni uchratgan, uning shu rejasidan xabar topgan mansabdor shaxs uni jinoyat ustida qoʻlga tushirish uchun bu niyatini amalga oshirishga atay undashi, yolgʻondan boʻlsa ham qoʻllab-quvvatlashi mumkin emas. Aksincha, ushbu jinoyatning oldini olish va unga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrishi lozim.

Soddaroq qilib aytganda, mansabdor shaxs oʻziga pora taklif qilgan fuqaroga u sodir etmoqchi boʻlgan qilmishning huquqiy oqibatlarini hamda ushbu qilmish uchun qonunda belgilangan javobgarlikni tushuntirishi va taklif etilgan porani olishni rad etishi shart.

Keyingi paytda boshlangan kampaniyada esa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari oʻzlariga taklif qilingan porani olishga rozilik berib, shu tariqa fukarolarni jinoyat sodir etishga bevosita undab, ularni qiziqtirib, porani olish vaqti va joyini belgilab, soʻng belgilangan vaqt va joyda yashirin videotasvir ostida ularni pora berayotganlarida daliliy ashyo bilan “ushlab”, bunday ushlash tadbiri toʻgʻrisida OAVda shov-shuvli xabarlar tarqatish bilan shugʻullanayapti.

Eng yomoni, pora bergan shaxslar javobgarlikka tortilmoqda, lekin pora berishga undagan va qiziqtirgan mansabdorlar kun “qahramon”lariga aylanib, javobgarlikdan chetda qolyaptilar.

Vaholanki, qonunchilikka koʻra huquq-tartibot idoralarining asosiy vazifalaridan biri huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasidir.

Qolaversa, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonunning 6-moddasida “Ichki ishlar organlarining xodimlariga kimnidir gʻayriqonuniy harakatlarni sodir etishga bevosita yoki bilvosita qiziqtirish, koʻndirish, undash taqiqlanadi” deb aniq belgilab kuyilganiga alohida eʼtibor berish lozim.

Shu oʻrinda aytish kerakki, pora taklif qilish holatlari toʻgʻrisida rahbariyatga xabar berish va pora taklif qilgan fuqarolarni jinoyat ustida ushlash choralarini koʻrish vazifasi prokuratura xodimlariga sobiq Bosh prokurorning tashabbusi bilan yuklatilgan edi. Bundan koʻzlangan maqsad prokuratura tomonidan “korrupsiyaga qarshi faol kurash olib borilayotgani”ni davlat rahbariga koʻrsatish boʻlgandir balki.

Shulardan kelib chiqadigan boʻlsak, bugun huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qonunlarga asosan yuklatilgan asosiy vazifalarini, yaʼni huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga yoʻl qoʻymaslik va ularning profilaktikasi bilan shugʻullanish kabi ishlarni bajarish oʻrniga oʻzlari fuqarolarni jinoyat sodir etishga undab va qiziqtirib, qonunbuzilish holatlarini atay tashkil qilmayaptilarmi degan savol tugʻiladi.

Xullas, bunday noqonuniy uslublar bilan korrupsiyaga karshi “kurashish” amaldagi qonunchilik talablariga zid.

Shu bois ushbu muammoni Oʻzbekistondagi yurist olimlar, prokuratura, sud, adliya idoralarining masʼul xodimlari va advokatlar muhokamasiga qoʻyish, bu borada ularning ham fikrlarini, munosabatlarini eshitib koʻrish ayni muddao boʻladi deb uylayman.

Manba: advokatnews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Huquq-tartibot idoralari esa bu harakatni qasddan jinoyatgacha olib bormoqda… Jinoyat sodir etishni oʻz oldiga maqsad qilib, ushbu qilmishni rejalashtirayotgan fuqaroning bu harakatlari hali jinoyat hisoblanmaydi, — deydi Toshkent shahridagi “EGIDA