16:50 / 24.03.2019
6 588

Sobiq ichki ishlar vaziri Salim Abduvaliyev va Gʻofur Rahimov haqida oʻz fikrlarini bildirdi

Sobiq ichki ishlar vaziri Salim Abduvaliyev va Gʻofur Rahimov haqida oʻz fikrlarini bildirdi
Jurnalistlardan biriga bergan intervyusida Oʻzbekiston sobiq ichki ishlar vaziri Zokir Almatov Salim Abduvaliyev hamda Gʻofur Rahimovlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

— Salim Abduvaliyev bir umr tijorat bilan shugʻullanib keladi, — dedi sobiq ichki ishlar vaziri. — Uning jinoyat olamiga umuman aloqasi yoʻq. Shaxsan men Salim Abduvaliyevning jinoyat sodir etganini koʻrmaganman va eshitmaganman. Agar jinoyatga aloqasi boʻlsa, sobiq sovetlar davridayoq jazolangan boʻlardi. Gʻofur Rahimov ham oʻz ishini bajarib keladi. U “AIBA” Xalqaro boks federatsiyasi prezidentligigacha boʻlgan masofani bosib oʻta oldi. U oʻzbegimning faxri. Shunday emasmi?..

Toʻgʻri, odamlar orasida bu ikki shaxs toʻgʻrisida har-xil mish-mishlar yuradi. Ammo ular asossiz. Salim Abduvaliyev ham, Gʻofur Rahimov ham siz-u bizga oʻxshagan oddiy insonlar. Ularning hayotida ham mushtlashuvlar, bahsli lahzalar boʻlsa boʻlgandir. Bunday ishlar har qanday odamning boshidan oʻtishi mumkin. Ammo bu yana takror aytaman, jinoyat olamiga aloqador degani emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq ichki ishlar vaziri Salim Abduvaliyev va Gʻofur Rahimov haqida oʻz fikrlarini bildirdi