23:55 / 31.03.2019
7 260

Xorijdagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish endi yana ham osonlashdi

Xorijdagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish endi yana ham osonlashdi
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 martdagi 261-sonli qaroriga binoan, “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirish kiritildi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev oʻz Telegram-kanalida maʼlum qildi.

Oʻzgarishga koʻra, xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish talablari roʻyxatidan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat Oʻzbekiston Respublikasida amalda mavjud boʻlgan taʼlim shaklida oʻqib olingan boʻlishi kerakligi haqidagi qoida chiqarib tashlandi.

Bu nima degani?

Ilgari xorijda olingan diplom albatta Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan taʼlim shaklida boʻlishi kerak edi. Masalan, bizda ancha yillar sirtqi va kechki taʼlim mavjud emasdi. Shu sababli xorijda sirtqi va kechki taʼlimda oʻqiganlarning diplomi nostrifikatsiya qilinmas, yaʼni tan olinmasdi.

Yoki xuddi shu kabi muammo hozirgacha masofaviy (distansion) taʼlimda ham bor. Yaʼni bugungi kunda Oʻzbekistonda masofaviy taʼlim shakli yoʻq, shu sababli xorijiy OTMlarda masofaviy oʻqib, olingan diplomlar bizda tan olinmaydi.

Endilikda esa, xuddi shu talab bekor boʻldi va bemalol istalgan taʼlim shaklida olingan xorijiy diplomlar ham Oʻzbekistonda tan olinishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijdagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish endi yana ham osonlashdi