Shohida Uzoqova teatr direktorining kirdikorlari haqida ochiq-oydin gapirdi

  • 02 aprel 2019, 18:43
  • 3 518
  • Jamiyat
  • Shohida Uzoqova teatr direktorining kirdikorlari haqida ochiq-oydin gapirdi
    Mirtohir Mirgʻulomovning “Ochiq suhbat” loyihasi bu galgi mehmoni el suygan sanʼatkor Shohida Uzoqova boʻldi. U intervyusi davomida juda oʻzi ishlab yurgan paytdagi teatr muhiti haqida ayrim haqiqatlarni ochiq aytib oʻtgan. Jumladan jurnalistning “Shohida Uzoqova teatrdan janjallar tufayli ketgan. Kim bilandir chiqisholmagan, degan versiyalar bor” degan savoliga Shohida Uzoqova quyidagicha javob qilgan.

    – Xullas ishdan boʻshashim shunaqa boʻldiki, bizda… hozir u direktorimiz oʻzgargan. Ular direktorlik paytida bitta men emas, mendan oldin bizlarning ustozimiz, xalqimiz sevgan suyukli sanʼatkorimiz, dublyaj qiroli, Oʻzbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov, ular ham teatrdan ketishga majbur boʻldilar. Buyam bir direktorimizning ayblari yoki turtkilari sababmi shunday boʻldi. Chunki ular boʻshash haqida ariza yozib kirganlarida direktor “Qaysi kundan qoʻl qoʻyib beray”, degan. Kimsan Afzal Rafiqovga! Bizlar Afzal Rafiqovdan oʻrganishimiz kerak.

    Teatrda ishlab yurgan talabalar oʻrganishi kerak edi ulardan. shunday insonga “Qaysi kundan qoʻl qoʻyib beray?” degan. “Siz nima uchun ketyapsiz? Nima boʻlyapti oʻzi?” degan savol berilmadi ularga. Bu boʻldi. Keyin, men gastrolga eng koʻp chiqadigan 10 ta odam boʻlsa, shulardan bittasi menman. Lekin shunday boʻldiki, ozroq sogʻligʻimni yoʻqotdim. Va men direktordan bir yilga javob soʻradim. Ular aytdiki, bir yillik taʼtil yoʻq, dedilar.

    Oʻsha paytda jigar tobiga kelib qolgan, har uch kunda analiz topshirayotuvdim. Tushuntirib koʻrdim, tushunmadilar. Xullas kalom shu toʻgʻrida ozgina tortishdik, ikkalamiz. Keyin bir necha kundan soʻng hamkasblar birga sumalak qildik. Oʻsha yili qariyalar yili edi. Teatrimiz tomonidan keksalarga gul berildi. Lekin shu yerda ikkita yoshi katta sanʼatkorimizga gul berilmadi. Chunki ular direktor bilan biroz tortishib qolgan edi. Bu ham mening yurak torlarimni uzib yuborgandek boʻldi. Qattiq taʼsir qildi.

    Oxiri men taʼtilga chiqadigan kunim ham keldi. U esa menga gastrolga borasan, dedi. Men ilojim yoʻqligini aytdim. Xullas shu tariqa men arizamni yozib, kotibaga tashlab ketdim. Ishonasizmi, bir minutda buyruq chiqarib qoʻyibdi. Boʻshashim haqida…

    Manba: Hordiq.uz

    » » Shohida Uzoqova teatr direktorining kirdikorlari haqida ochiq-oydin gapirdi