12:00 / 05.04.2019
3 664

Prezident: «Hozir bizdan tadbirkorlar norozi bo‘layotgan ikkita masala bor»

Prezident: «Hozir bizdan tadbirkorlar norozi bo‘layotgan ikkita masala bor»
Prezident yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha Davlat byudjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinchi yarim yillik uchun belgilangan ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan videoselektor davomida tadbirkorlar muammolariga ham to‘xtalib o‘tgan.

«Hozir bizdan tadbirkorlar norozi bo‘layotgan ikkita masala bor. Yer berish masalasi va qurilishga ruxsat berish masalasi.
Biz tepadagilarni olib tashlayapmiz, lekin pastda o‘tirganlar odamlarni juda norozi qilyapti.

Shuning uchun, ombudsman bu masalada tadbirkorlar manfaati uchun kurashishi kerak, jar solishi kerak. Jar solish kerak!»,-deya Prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Prezident tadbirkorlarga qulayliklar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni ko‘rsatma qilgan.

«Ular hali yuqorida bo‘layotgan jarayondan bexabar. Ular hali o‘n yil oldingi gap bilan yuribdi: «Menga bermasang, men qo‘l qo‘ymayman», deydi. Mana shunday tizim haliyam bor O‘zbekistonda. Buni qanday bo‘lmasin sindirish kerak. Sindirish esa oson bo‘lmayapti. Chunki hammasi shunday ishlashga o‘rgangan.

Agar shu balodan ham qutulib olsak, tadbirkorlarga ko‘p yengillik bo‘lardi», degan prezident.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: «Hozir bizdan tadbirkorlar norozi bo‘layotgan ikkita masala bor»