13:12 / 06.04.2019
7 613

Sel tufayli Dehqonobodda poyezd izdan chiqib ketdi (foto)

Sel tufayli Dehqonobodda poyezd izdan chiqib ketdi (foto)
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev oʻz telegram kanalida Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hududida yer choʻkishi oqibatida yuzaga kelgan vaziyat haqida xabar berdi.
Ushbu suratlar Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Oqrabot qishlogʻida 6 aprel kuni ertalab olingan.

“Kuchli jala yogʻishi oqibatida yer sathi choʻkkan va temir yoʻllarga ham ziyon yetgan.
Mutaxassislar muammoni bartaraf etish boʻyicha qizgʻin ishlarni amalga oshirmoqda”, deyilgan xabarda.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” rasmiy saytida bu haqda maʼlumot berilmagan, dam olish kunlari boʻlgani bois ishonch telefonlari ishlamasligi eʼlon qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sel tufayli Dehqonobodda poyezd izdan chiqib ketdi (foto)