18:14 / 15.04.2019
5 442

Navoiyga ziyoratga kelgan samarqandlik oila YTHga uchradi (foto)

Navoiyga ziyoratga kelgan samarqandlik oila YTHga uchradi (foto)
Foto: Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati
12 aprel kuni Nur chashmasini ziyorat qilish maqsadida Samarqand viloyati Paxtachi tumanidan yo‘lga chiqqan H.H. boshqaruvidagi Nexia yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB matbuot xizmatiga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Hodisa Navoiy viloyatining Nurota shahriga kiraverishda Dehibaland qishlog‘idan o‘tib yo‘lning xavfli burilish qismida sodir bo‘ldi. YTH tufayli avtomobil ag‘darilib ketdi. Mashina salonida haydovchidan tashqari uning onasi, rafiqasi, ikki qizi va bir jiyani bo‘lgan.

Foto: Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati
Haydovchining onasi 1960 yilda tug‘ilgan M.U. vafot etgan. Nurota tumani STEning birlamchi xulosasiga ko‘ra, M.U.ning vafotiga bosh miya ochiq og‘ir shikastlanishi oqibatida asos suyagining sinishi, birinchi bo‘yin umurtqasining sinishi, miya to‘qimalariga qon quyilishi, yuqori va pastki jag‘ suyagining sinishi kabi hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari sabab bo‘lgan. H.H.ning rafiqasi, qizlari va jiyani shifoxonaga tushgan.

Foto: Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati
Tuman YHX bo‘limi xodimlari tomonidan Avtokarvon ko‘rinishidagi targ‘ibot guruhi ushbu avtomashinani 3 soat davomida tuman ko‘chalari bo‘ylab aylantirib, aholi gavjum nuqtalarda targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

Foto: Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyga ziyoratga kelgan samarqandlik oila YTHga uchradi (foto)