13:54 / 18.04.2019
6 383

Andijonda bedarak yo‘qolgan bola behush holda topildi (video)

Andijonda bedarak yo‘qolgan bola behush holda topildi (video)
Skrinshot: «Zamon»
Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tog‘da bedarak yo‘qolgan, 17 yashar bolani bir kundan so‘ng topishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda «Zamon» ko‘rsatuvida hikoya qilinadi.

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Umidjon Ismoilovning ma’lumot berishicha, Asadbek Abdurahimov o‘rtoqlari bilan toqqa sayrga chiqqanida, balandlikdan yiqilib tushgan. Boshqarma xodimlari uni bir kundan so‘ng daraxtlar orasidan topishgan.

Jabrdiyda darhol shifoxonaga olib borilgan, hozirda Asadbekning holati qoniqarli baholanmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda bedarak yo‘qolgan bola behush holda topildi (video)