O‘zbekistonda pensiya yoshini qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda, unga ko‘ra, pensiya yoshi fuqarolarning ish staji bilan bog‘lanadi. Moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov 18 aprel kuni “Pensiya tizimi islohoti va xorijiy davlatlar tajribasi” xalqaro darajadagi konferensiyasi doirasida Kun.uz nashriga bergan intervyusida shu haqida ma’lum qildi.
“Bugungi konferensiyada muhokama qilinayotgan eng muhim masalalardan biri taklif etilayotgan yangi Konsepsiya loyihasida pensiya yoshini qayta ko‘rib chiqish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. O‘tgan yili Konsepsiyaning dastlabki variantida pensiya yoshini ayollar uchun – 58, erkaklar uchun esa 65 yoshga o‘zgartirish taklif etilgan edi. Biroq bu taklif ancha qarshiliklarga uchradi. Shu bois yangi Konsepsiya variantida biz boshqacha variantni muhokama uchun taklif qilyapmiz. Unga ko‘ra, pensiyaga chiqish yoshini fuqarolarning ish staji bilan bog‘lanadi. Ish staji qancha ko‘p bo‘lsa, pensiyaga shuncha erta chiqish imkoniga ega bo‘ladi”, - dedi vazir o‘rinbosari.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi