12:00 / 19.04.2019
3 819

Buxorodagi YHXX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi bahsda kim haq? (video)

Buxorodagi YHXX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi bahsda kim haq? (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda YHXX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi o‘zaro bahs aks etgan videoga Toshkent shahar IIBB YHX boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Aziz Sadirov izoh berdi. Bu haqda «Daryo» nashri ma’lum qildi.

Videoda haydovchi inspektordan o‘zini to‘liq tanishtirishini va belgilangan tartibda muloqot qilishini so‘ragan. Tartib-qoidalar bo‘yicha munoasabatga kirishishni bir necha bor talab qilgan haydovchi inspektorga qarata: «Ishlash davri o‘tdi. Endi xizmat qilish davri keldi, o‘rtoqlar!» deya ikki bor takrorlagan. Hech qanday hujjat ololmagan inspektor haydovchiga yana uchrashib qolishlarini aytgan. Bunga javoban haydovchi o‘sha kunni kutishini ta’kidlagan.

Ишлаш даври утди командир хизмат киладиган давр келди

Опубликовано Комилом Ахмедовым Пятница, 12 апреля 2019 г.

«Bu holatda xodim vazifasi, unvoni va ism-sharifini aytishi kerak. Haydovchi tomonidan so‘rov bo‘ladigan bo‘lsa, xizmat guvohnomasini hamda jetonini ko‘rsatishi lozim. Haydovchiga sodir etgan huquqbuzarligini tushuntirib, ana undan keyin ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish uchun transport boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni so‘rashga haqli», — deydi podpolkovnik Aziz Sadirov.

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, inspektor tomonidan «prava», «texpasport» kabi so‘zlarni qo‘llashi noto‘g‘ri. «Hadovchilik guvohnomasi», «Transport vositasini texnik holatini qayd etish guvohnomasi» kabi yuridik va normativ hujjatlar orqali belgilangan terminlardan foydalanish lozim.

Agar xodimni tegishli me’yoriy hujjatlarni buzib fuqaro bilan muloqotga kirishganligi aniqlansa, unga nisbatan intizomiydan to Ichki ishlar idoralaridan bo‘shatishgacha bo‘lgan chora qo‘llanilishi mumkin.

Tasvirlar Buxoro viloyati hududida olingan bo‘lib, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxorodagi YHXX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi bahsda kim haq? (video)