19:27 / 03.05.2019
6 348

Senat Zangiota va Sergeli tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi

Senat Zangiota va Sergeli tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi
Cenatorlar Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida masalani ham ko‘rib chiqdilar.

Birgina 2018 yilda poytaxtimizda 11 ming 400 xonadonli 258 ta ko‘p qavatli uylar qurildi.

Davlatimiz rahbari joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2018 yil dekabr oyida Toshkent shahriga tashrif buyurgan edi.

Tashrif davomida poytaxt aholisi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ulkan hajmdagi obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, bir so‘z bilan aytganda, odamlarni hayotdan rozi qilish masalasi doimiy e’tibor markazida bo‘lishi ta’kidlandi hamda mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar, vazifalar berildi.

Toshkent viloyatining bo‘sh turgan, samarali foydalanilmayotgan yoki Toshkent shahriga berish orqali ko‘proq samaraga erishish mumkin bo‘lgan yer maydonlarini Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga o‘tkazish hamda ushbu hududda ko‘p qavatli uy-joylar qurish tashabbusi ham ana shu tashrif mahsulidir.

Mazkur tashabbus Toshkent shahriga o‘tkazilayotgan hudud aholisi tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlandi.

Ta’kidlash lozimki, Toshkent viloyati Zangiota tumanidan o‘tkazilayotgan qismida 3 ta mahalla fuqarolari yig‘ini mavjud bo‘lib, jami 428 gektar gektar yer maydoni tashkil qiladi. Mazkur mahallalarda bugungi kunda 6 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Senatorlar tomonidan Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Senat Zangiota va Sergeli tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi