15:20 / 13.05.2019
3 803

Mashhur fokuschi Germaniyadan mashinasida 66 kunda Xivaga yetib keldi (foto)

Mashhur fokuschi Germaniyadan mashinasida 66 kunda Xivaga yetib keldi (foto)
2500 ming yildan ziyod tarixga ega Xiva shahri qiyofasi doimo mahalliy va xorijlik turistlarni o‘ziga jalb qilgan. Ularni maftun etgan tarixiy obidalardan biri Ichan qal’a tarixiy-me’moriy majmuasidir. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qal’a darvozasi yaqinida uzoq yo‘lga moslashtirilgan mashinasi oldida oilasi bilan ovqatlanib o‘tirgan sayyohga ko‘zimiz tushdi. Mashhur fokuschi Tobi Van Deisner turmush o‘rtog‘i va hali ikki yoshga to‘lmagan o‘g‘li bilan Germaniyadan mashinada 11342 kilometr yo‘l bosib 66 kunda O‘zbekistonga yetib kelgan. Ular Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayohatni boshlashgan edi.

Sayyohlar 10 oy ichida turli mamlakatlar va odamlarning yashash tarzi bilan tanishishni maqsad qilishgan. Ular 2019 yilning sentyabr oyigacha Xitoyning shimoliy qismidan janubigacha kesib o‘tmoqchi. Keyin Laos, Tailand va Malayziyaga borib sayohatni yakunlaydi.



– O‘zbekistonga yetib kelganimizga to‘rt kun bo‘ldi. Yurtingizga o‘ndan ortiq davlatdan o‘tib, yetib keldik. Bu mamlakatga kelish ko‘p yillik orzuyim edi. Men yurtingiz haqida juda ko‘p kitoblar o‘qiganman. O‘sha kitoblar orqali O‘zbekiston haqida ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ldim va bu oilamizni vataningizga sayohat qilishga undadi. Turmush o‘rtog‘im bilan mamlakatingizdagi tarixiy obidalar, xalqingiz urf-odatlarini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishga oshiqdik.

Xivaga kelishdan avval Nukusda bo‘ldik. Nukus bilan Orol dengizi va hatto Xivaning ham tabiati, odamlari bir-biridan farq qilar ekan. Bu bizda katta taassurot qoldirdi. Bugun Buxoroga, keyin Samarqandga yo‘l olamiz. Xivada bir oilani uchratdik. Ular bizga juda ko‘p yordam berishdi. Sayohatimiz haqida batafsil ma’lumot polarsteps.com/sirmobi va shaxsiy veb-saytimda berib borilmoqda, – deydi Tobi Van Deisner.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mashhur fokuschi Germaniyadan mashinasida 66 kunda Xivaga yetib keldi (foto)