Yurtimizda rivojlanishning barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash hamda aholi farovonligini oshirishda va kamchiliklarni bartaraf qilish, ajralish yoqasida turgan, yosh go‘daklarning ko‘z yoshiga arzimaydigan ishlarni qilishga ham tayyor oilalarni yarashtirish uchun barcha chora tadbirlar ko‘rilmoqda.
Shu o‘rinda, Majburiy ijro byurosi Nurota tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida 2019 yilning o‘tgan davrida jami 16 nafar yosh oilaning yarashtirilishiga erishildi.
Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining 04.07.2016 yildagi qaroriga ko‘ra qarzdor S.Hamroyevdan undiruvchi G.Djulayeva foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqining ¼ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan edi. Yillar davomida S.Xamroyev va G.Djuliyeva alohida yashasada boshqa turmush qurmagan.
Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida mazkur oilaning yarashtirilishiga erishildi.
Shuningdek, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarafshon tumanlararo sudining 27.09.2016 yildagi qaroriga ko‘ra, qarzdor O.Chiliyevdan undiruvchi L.Shodiyeva foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqining ¼ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib, ushbu aliment pullarini undirish jarayonida bo‘lim xodimlari tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘z samarasini berdi va yosh oila qayta tiklandi.
Xuddi shu kabi, sudning qaroriga ko‘ra, aliment to‘lash belgilangan X.Shokirov bilan M.Karimovalarning, U.Ishpo‘latov bilan G.Sagatova, F.Kamolov bilan G.Rizoyevalarning ijro ishlari bo‘yicha ham bo‘lim xodimlari tomonidan olib borilgan yarashtirish targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida, mazkur oilalar yarashishdi hamda undiruvchilardan alimentni bekor qilish to‘g‘risida arizalar olinib, ijro hujjatini tugatish uchun tegishli sudlarga yuborildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda