2018 yil dekabrdan O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Hotambek Shokirov (1970 yilda tug‘ilgan) Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi «Gazeta.uz».
Hotambek Shokirov mazkur lavozimga may oyi boshida vazifasidan ozod qilingan Sherzod Hojizodayev o‘rniga tayinlandi.
Alimardon Qarshiyev (1971 yilda tug‘ilgan) Toshkent shahar hokimining jamoatchilik va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. U 2011 yildan buyon Toshkent viloyati hokimining xuddi shu masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Alimardon Qarshiyev shahar hokimiyatining tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari lavozimiga o‘tkazilgan Shuhrat Turdiqulov bilan o‘rin almashdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi