4 764
Otabek Umarov: «Habib Nurmagomedov jonajon O‘zbekistonimizga mehmon bo‘lib tashrif buyurdi»
Foto: Instagram/@otabek_muhammadalievich
O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov O‘zbekistonga tashrif buyurgan UFC chempioni Habib Nurmagomedov bilan birga tushgan suratini Instagram’dagi sahifasiga yuklab quyidagicha izoh qoldirdi.
«Taniqli aralash jang sanati ustasi, rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedov jonajon O‘zbekistonimizga mehmon bo‘lib tashrif buyurdi. U bilan birga sport zalida hamyurtlarimiz bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazdik, ular ajoyib inson bilan muloqot qilishga muyassar bo‘ldilar. U o‘zining mashhurligiga qaramay nihoyatda kamtar va samimiy inson ekan.
Habibning sportda erishgan yuksak natijalarida otasi Abdulmannop Nurmagomedovning katta hissasi bor. U o‘g‘liga sportning ilk sirlarini o‘rgatgan va o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘ota olgan. Habib o‘z xalqining an’analariga sodiq munosib farzand, O‘zbekiston va butun dunyo yoshlari uchun namuna»— deya yozadi Otabek Umarov.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi marta Toshkentga tashrif buyurgan Habib Nurmagomedov avvalroq O‘zbekiston Prezidenti kuyovlari bilan birga tushgan suratini Instagram’ga joylab izoh qoldirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi