12:46 / 31.05.2019
4 088

Alimentdan qarzdor otaning "Lasetti" si sotilib qarzi qoplandi

Alimentdan qarzdor otaning "Lasetti" si sotilib qarzi qoplandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloq tumanlararo sudining sud hujjatiga asosan qarzdor N.G‘afforovdan undiruvchi Z.Mamasodiqovaning foydasiga voyaga yetmagan uch nafar farzandingizning moddiy ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi va boshqa daromadlarining ikkidan bir qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Qarzdor N.G‘afforovning nomida pul mablag‘lari, valyuta hisob-raqamlari va qimmatli qog‘ozlari xamda avtomototrasport vositalari bor yo‘qligini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 87-moddasiga asosan tegishli tartibda mutassaddi tashkilotlarga so‘rov xatlari yuborilgan. So‘rovlar natijasida qarzdor N.G‘afforovning nomida 2009 yilda ishlab chiqarilgan “Lacetti” rusumli avtomashina borligi aniqlangan.

Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdor N.G‘afforovning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.
Davlat ijrochilari tomonidan qarzdor N.G‘afforovning nomida bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashina xatlanib jarima maydonchasiga saqlash uchun topshirilgan.

Shundan avtomashinani baholash maqsadida muttaxassis tayinlangan va “Elektron Baholash” ma’suliyati cheklangan jamiyati tomonidan 56 mln. 857 ming so‘mga baholanib, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga sotuvga chiqarilgan. Hozirgi kunda qarzdorning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi jami 37 mln. 920 ming so‘mni tashkil qilgan.

Sotuvdan tushgan pul mablag‘laridan undiruvchi Z.Mamasodiqovaning plastik kartasiga 37 mln. 920 ming so‘m aliment pullari o‘tkazib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alimentdan qarzdor otaning "Lasetti" si sotilib qarzi qoplandi