Hamma kechagi baxs haqida yozyapti. Avvaliga yozgim kelmadi...
O‘zim ham shunday voqeani boshdan o‘tkazganman, faqat ikki-uch daqiqa davom etgan xolos. Bir kishi munozaraga chorladi. "Mening bir-ikki savolim bor, avval shunga javob olsam, keyin davom ettirsak" dedim. Rozi bo‘ldi.
"Agar namozimiz, ro‘zamizga qarshilik kuchayib ketsa, qizlarimiz ro‘mollarini o‘ray olmay qolsa, ibodatlarimizni bemalol ado etish uchun boshqa davlatga chiqib ketishimizga nima deysiz? Masalan, Qirg‘izistonda bizdan ko‘ra erkinroq, demokratik davlat deyishyapti" dedim. "Siz demokratiyasi uchun chiqishingiz harom va hatto, kufr sanaladi, agar u ibodat masalasi bo‘lsa ham" dedi.
"Ikkinchi savolim: Hizbning shtab kvartirasi qayerda?" dedim. "Angliyada, Londonda" dedi. "Nega Erondamas, yoki Saudiyadamas?" deb yana savol berdim. "Chunki, u yerda ta’qiqlangan, qo‘ymaydi, ruxsat yo‘q, erkinlik yo‘q" dedi.
"Demak, Londonning erkinligidan, demokratiyasidan foydalanib, faoliyatingizni yuritasiz?" dedim, "Ha" dedi. "Endi menga aytingchi, ibodat masalasida Qirg‘iziston demokratiyasidan foydalanishim bilan, faoliyat yuritishingizda Angliya demokratiyasidan foydalanishingizda qanday farq bor? Amalingiz yo kufr, yo ibodat emas, shunday emasmi?" dedim.
Munozaraga shu yerda nuqta qo‘yildi...
Salim AYYuBIY
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi