“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati tomonidan respublika tashqarisiga chiqadigan mehnat migrantlarini sug‘urtalashga oid yangi sug‘urta mahsulotlari joriy etildi.
Bular Prezidentimizning 2018 yil 5 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ishlab ishlab bo‘lib, hozirgi kunga qadar 23 mingdan ortiq shunday sug‘urta polislari sotildi.
Bu haqda Toshkent shahrida tashkil etilgan matbuot anjumanida batafsil ma’lumot berildi.
Jamiyat mas’ullarining aytishicha, xorijda, xususan, Rossiya Federatsiyasida mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Russkiy standart straxovaniya” sug‘urta kompaniyasi bilan yangi “Patent+” loyihasi ham ishlab chiqildi.
“O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan joylarda sug‘urta borasida aholini o‘ylantirayotgan masalalarni hal etish borasida izchil ishlar olib borilyapti. Jamiyat boshqaruvi va hududiy filiallariga 2018 yil va 2019 yil 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1 700 yaqin murojaatlar kelib tushgan. Ularning deyarli barchasi o‘rganilib, fuqarolarga murojaatlari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilgan, jumladan, 800 ga yaqini ijobiy hal etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi
Quvayt Xotin-qizlar jamiyati raisi o‘rinbosari: "Shavkat Mirziyoyev BMTning 78-sessiyasida Osiyo xotin-qizlar forumini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan"
Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi
Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim"
PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol!