Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi maktablaridan birining 8-sinf o‘quvchisi o‘g‘il farzand ko‘rgani haqida xabar tarqaldi.
Chaqaloqning otasi boshqa maktabda ta’lim oluvchi o‘smir yigit bo‘lishi mumkin. Hozirda o‘quvchi shifoxonada ekani, uning onasi ishlash uchun boshqa mamlakatga ketgan bo‘lgani aytilmoqda.
Bolalar ombudsmani shunday holat aniqlanganini tasdiqladi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, 2009 yilda tug‘ilgan qiz 2023 yil avgust oyida o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan, 2006 yilda tug‘ilgan bola bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. 2024 yil 6 may kuni shifoxonada ko‘zi yorigan.
«Mazkur holat yuzasidan (voyaga yetmagan qizning yoshidan kelib chiqib, ariza bilan murojaat qilinmagan bo‘lsa-da) Toyloq tumani IIB tomonidan JKning 128-moddasi 1-qismi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shu bilan birga, bunday toifadagi jinoyat ishi doirasida voyaga yetmagan jabrlanuvchi shaxsiga oid bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni oshkor qilish va tarqatish qonunan taqiqlangan hamda bola manfaatlariga zid ekanini eslatib o‘tamiz», – deyiladi rasmiy xabarda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova vaziyat surishtirilayotganini bildirdi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”