19:32 / 12.07.2019
3 045

«O‘zbekneftgaz» ilk marta mamlakatda qazib olinadigan gaz hajmini oshkor qildi

«O‘zbekneftgaz» ilk marta mamlakatda qazib olinadigan gaz hajmini oshkor qildi
O‘zbekistonda har yili 61 mlrd kub metrga yaqin gaz qazib olinadi, undan 40 mlrd kub metri “O‘zbekneftgaz” hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqida kompaniya boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov xabar berdi.

“Bilasizki, qazib olinuvchi gaz hajmi doim yopiq axborot bo‘lgan, biroq bugun biz bir qadam oldinda ketyapmiz va oltin-valyuta zaxiralarini oshkor qilyapmiz. Gaz balansi bo‘yicha – taxminan 61 mlrd kub metrga yaqin gaz qazib olamiz”, - dedi u.

Shu bilan birga, “O‘zbekneftgaz” hissasiga 40 mlrd kub metr gaz to‘g‘ri keladi, undan 5 mlrd kub metri neft olishning turli texnologik jarayonlariga ketadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev kuni kecha “O‘zbekneftgaz”ga uglevodorod xom-ashyosini, jumladan, tabiiy gaz qazib olish hajmini - 42,3 mlrd kub metrgacha, suyultirilgan gazni - 1,5 mln tonnagacha oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

“Bugungi baza – 35 mlrd kub metr. Vazifa qazib olishni 7,3 mlrd.ga oshirishdan iborat. Qazib olishning bunday hajmi bilan mamlakat ehtiyojini to‘liq qoplash mumkin”, - deya qayd etdi Sidiqov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy ehtiyoj 39 mlrd kub metr gazni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2030 yilgacha neft-gaz sohasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” tasdiqlangan. Ularda uglevodorod xom-ashyosini qazib olish hajmini oshirish, gaz transporti tizimini modernizatsiya qilish, shuningdek, tabiiy gazni qazib olish, qayta ishlash, yetkazib berish va realizatsiya qilish hisobini yuritish hamda nazorat qilishni takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zbekneftgaz» ilk marta mamlakatda qazib olinadigan gaz hajmini oshkor qildi