«Million» guruhi ijodiy jamoasi davlat bojini undirish to‘g‘risida rasmiy ogohlantirildi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» muassasasi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-sonli qarori bilan tasdiqlangan Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi tomonidan joriy yilning 25 iyundagi navbatdagi yig‘ilishda jamoaning doimiy a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi va uning tashqarisida konsert dasturlarini muntazam ravishda o‘tkazib kelayotganligi bois, "BRAVO MUSIC" MChJ tomonidan, ya’ni «Million» guruhi ijodiy jamoasiga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi beruvchi litsenziya reytingning 2-guruhi berilib, har biriga yillik 19 867 540 so‘mdan amalga oshirilishi belgilangan.
Shu orqali, Muassasaga konsert o‘tkazish uchun taqdim etilgan konsert ssenariyda «Million» guruhi ijodiy jamoasiga Davron Qobulov, Mirkomil Musayev, Alisher Botirov, Ma’ruf Nosirov, Nig‘matjon O‘tkirov, Feruza Normatova, Umidjon Haydarov litsenziyasi uchun har biriga alohida yillik 19 867 540 so‘mdan, konsert dasturidagi qolgan a’zolarga reytingning 4-guruhi bo‘yicha Shavvozlar guruhi har biriga alohida yillik 8 109 200 so‘mdan, jami dasturdagi ishtirokchilar (13 nafar)ga 187 727 980 so‘m miqdoridagi to‘lovlar hisoblangan.
Shunga asosan litsenziya uchun 187 727 980 so‘m davlat bojini davlat muassasasining maxsus hisob raqamiga joriy yilning 16 iyuliga qadar to‘lash so‘ralgan.
Aks holda, Muassasa va "BRAVO MUSIC" MChJ, ya’ni «Million» guruhi ijodiy jamoasi o‘rtasida tuzilgan litsenziya shartnomasi bekor qilinishi aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda