22:18 / 14.07.2019
3 693

Burchimulla o‘rmon xo‘jaligi hududidagi noqonuniy o‘rnatilgan topchanlar olib tashlandi

Burchimulla o‘rmon xo‘jaligi hududidagi noqonuniy o‘rnatilgan topchanlar olib tashlandi
Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan Burchimulla davlat o‘rmon xo‘jaligiga mansub Urungoch soy havzasida qonunga xilof ravishda o‘rnatilgan topchanlar olib tashlandi. Bu haqda qo‘mita o‘z Facebook sahifasida ma’lum qiladi.

Xabarda aytilishicha, ushbu hududning bir qismi Chotkarayev Ulan Turdibayevich va Qudratullayev Bexruz Qutlimuradovichga 2019 yilning 21 may va 20 iyunda imzolangan shartnomalarga muvofiq ijaraga topshirilgan.

Shartnomaga muvofiq, ushbu fuqarolar tomonidan jami 10 ta topchan o‘rnatilgan bo‘lib, shulardan 5 tasi Urungoch soy kichik ko‘lining qirg‘oq oldi mintaqasiga joylashtirilganligi aniqlandi.

Tekshiruv davomida ushbu topchanlarning beshtasi qonunga xilof ravishda suv havzasi qirg‘og‘iga yaqin joylashgani va suvni ifloslantirgani aniqlangan. Ma’muriy javobgarlik Kodeksiga asosan, fuqarolarning har biriga nisbatan jarimalar belgilanib, kelgusida ushbu holat qayta sodir etmasligi bo‘yicha ogohlantirildi.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Burchimulla o‘rmon xo‘jaligi hududidagi noqonuniy o‘rnatilgan topchanlar olib tashlandi