18:35 / 19.07.2019
4 647

Rassomlar musobaqasi

Rassomlar musobaqasi
Xitoylik rassomlar bilan turk rassomlar bahslashib qoldi. Xitoyliklar “Eng mohir rassomlarmiz” deyishsa, turk rassomlari ham bu borada o‘zlaridan o‘tadigani yo‘qligini da’vo qilardi. Kim mohirroq ekanini aniqlash uchun sulton musobaqa tashkillashtirdi. Avvaliga turklar bellashuvdan bosh tortdi. Xitoyliklar: “Bizga bir xona, raqiblarimizga ham alohida xona bering, u yerda surat chizamiz” deyishdi. Orasiga parda tortilgan ikki xonada rassomlar ishga kirishdi.

Xitoyliklar xazinadan har kuni turli rangdagi bo‘yoqlarni olardi. Turklar esa na bo‘yoq so‘rar va na boshqa narsa. “Bizga faqatgina oddiy qalam bersangiz kifoya”, deyishdi. Xitoyliklar rasm chizayotganda, turklar devorni jilolash bilan band edi. Devor top-toza ko‘rinishga keldi. Nihoyat, xitoyliklar ham rasmni tugallab, sevinch va xursandchilik bilan cholg‘ular chalib, sultonga xabar yubordi.

Sulton xitoylik rassomlar ijodini ko‘rib hayratda qoldi. Navbat turk rassomlariga keldi. Turklar ikki xona orasidagi pardani ko‘tardilar, xitoyliklar chizgan ajoyib rasm devorda aks etdi. Hatto, devorga jo bo‘lgan surat haqiqiysidan ko‘ra jozibaliroq ko‘rinardi. Tomoshabinlar turklarning ijodiga tan berdi.

Yaxshiliklar bilan jilolangan, hirs, tama’, xasislik kabi kirlardan musaffo, oyna kabi sof ko‘ngilga go‘zal suratlar jo bo‘ladi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rassomlar musobaqasi