13:33 / 29.07.2019
3 302

Chust “Agroservis MTP” jamiyati kombayni soliq qarzdorligi uchun xatlovga olindi

Chust “Agroservis MTP” jamiyati kombayni soliq qarzdorligi uchun xatlovga olindi
Byuroning Chust tuman bo‘limi ish yurituvida joriy yilning 25 iyul holatiga jami 2780 ta ijro hujjati mavjud bo‘lib, shundan 303 tasi bevosita soliq undiruvlari bilan bog‘liqdir.Ushbu soliq undiruvlarining 103 tasi yakka tadbirkorlik sub’ektlari, 200 tasi yuridik korxona va tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aynan bo‘lim tomonidan soliq undiruvlarini ijrosini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan “yo‘l xaritasi” ga asosan chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.

Jumladan, Chust tumanlararo iqtisodiy sudining 2018 yil 14 sentyabrdagi “Chustagroservis MTP” ma’suliyati cheklangan jamiyatidan 134,9 mln. so‘m soliq qarzni undirish yuzasidan qarori chiqqan. Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lib, ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari tomonidan jamiyatga tegishli “Keys” kombayni ro‘yxatga olinib, xatlandi.

Umuman olganda, joriy yilning iyul oyi davomida ixtiyoriy muddatida ijro hujjati talablarini bajarmagan 10 dan ortiq qarzdor tashkilot va korxonalarning 1 mlrd 200 mln so‘mlik mol-mulklari xatlanib, hozirgi kunda baholatish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chust “Agroservis MTP” jamiyati kombayni soliq qarzdorligi uchun xatlovga olindi