15:00 / 01.08.2019
3 773

Yana bir Quyichirchiqlik ota 2 nafar farzandi uchun qariyb 200 million so‘m to‘ladi

Yana bir Quyichirchiqlik ota 2 nafar farzandi uchun qariyb 200 million so‘m to‘ladi
Majburiy ijro byurosi Oqqo‘rg‘on tuman bo‘lim ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan, qarzdor O.Saidovdan undiruvchi K.Abdumutalova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.

Ushbu ijro hujjatining ijrosi yuzasidan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor otadan ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari 18 yoshga to‘lgunga qadar hisoblangan 198.528.000 so‘m aliment pullari undiruvchiga to‘liq undirib berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yana bir Quyichirchiqlik ota 2 nafar farzandi uchun qariyb 200 million so‘m to‘ladi