Andijon shahrining Aylanma ko‘chasida joylashgan «Andijon avtotex» MChJ avtosalonida yong‘in sodir bo‘ldi Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa 3 avgust kuni soat 22:10 da ro‘y bergan bo‘lib, navbatchilik qismiga 22:15 da xabar kelib tushgan. Oradan 7 daqiqa o‘tib, yong‘inni o‘chirish bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan.
Foto: «Daryo»
Ma’lum bo‘lishicha, avtosalon mamuriy binosi ikkinchi qavatining taxminan 70 kvadrat metr maydondagi ichki yog‘och qoplamasi, shift qismi va xona jihozlari yongan.
Foto: «Daryo»
Yong‘in soat 22:27 da qurshab olingan va 28 daqiqada o‘chirilgan. Bo‘linmalar tomonidan 200 kvadrat metr maydon ofatdan saqlab qolingan. Yong‘inni bartaraf etishda 5 ta ekipaj va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi ishtirok etgan.
Foto: «Daryo»
Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va ko‘rilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi