16:09 / 04.08.2019
4 394

Markaziy harbiy okrugi poligonida xorij artilleriya snaryadi sinovdan o‘tkazildi (foto, video)

Markaziy harbiy okrugi poligonida xorij artilleriya snaryadi sinovdan o‘tkazildi (foto, video)
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrugiga qarashli O‘zbekistondagi birinchi raqamli «Kattaqo‘rg‘on» poligonida Xitoy Xalq Respublikasi bilan tinchlik yo‘lidagi xalqaro harbiy hamkorlik doirasida xarid qilingan artilleriya snaryadi sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati «Daryo»ga xabar berdi.

Mudofaa vazirligi va Markaziy harbiy okrug rahbariyati hamda artilleriya bo‘linmalari tomonidan 122 millimetr va 152 millimetri «PL66-1» markali tasnifiga ko‘ra, oskolkali fugasli snaryad qo‘llanilgan. D-20 va D-30 artilleriya qurollaridan 20 donadan otilgan snaryadning kelgusida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibidagi artilleriya bo‘linmalari qurollari uchun o‘q-dori sifatida qo‘llash samaradorligi tekshirildi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Birinchi marotaba Mudofaa vazirining tashabbusi bilan «Men g‘olib» shiori ostida o‘tkazilayotgan 12 ta mutaxassisliklar bo‘yicha musobaqaning 7 ta yo‘nalishi aynan artilleriya bo‘linmalariga tegishli. Hozir kunda artilleriya bo‘linmalarini yangi turdagi qurol-aslaha va o‘q-dorilar bilan ta’minlash choralari ko‘rilyapti.

Shuningdek, artilleriya mutaxasisligi bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashda ustoz-shogird an’analari joriy qilinib, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmani oshirishda har bir dala o‘quv maydonida namunali «Eng ilg‘or artilleriya mutaxassisi yo‘lagi» barpo etildi.

Kecha, 29 iyul kunidagi Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilgan videoselektorda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov tomonidan O‘zbekistonda yagona artilleriya va aviatsiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan «Kattaqo‘rg‘on» poligonidagi sinov natijalari hamda mutaxassisliklar bo‘yicha musobaqaning okrug bosqichi yakunlari haqidagi ma’ruzasi tinglandi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy harbiy okrugi poligonida xorij artilleriya snaryadi sinovdan o‘tkazildi (foto, video)