07:11 / 09.08.2019
3 428

DTM: Imtihonda past ball olgan abituriyentlar o‘ziga zarar yetkazishga harakat qildi

DTM: Imtihonda past ball olgan abituriyentlar o‘ziga zarar yetkazishga harakat qildi
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida test sinovlari natijalari bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar qiladi.
6 avgust kuni test sinovlari Respublika bo‘ylab 66 ta binoda ikki smenada, bir vaqtda boshlanib, belgilangan vaqtda yakunlangan.

Jami 71 340 nafar ishtirok etishi belgilangan abituriyentdan test sinovlariga 69 ming 633 nafari keldi. 1645 nafar abituriyent esa noma’lum sabablarga ko‘ra ishtirok etmadi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joiz, aksariyat abituriyentlar oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirganlar sonini sun’iy oshirish maqsadida ham ro‘yxatdan o‘tgan.

Chunki, ularning juda ko‘pchiligi, hatto, ro‘yxatga olingandan so‘ng DTM tomonidan ular uchun ochilgan shaxsiy elektron manzillariga bir marta ham kirmagan. DTM ruxsatnomasini olishga ham kelmagan. Markaz tomonidan hozirda bu holatlarning sababi o‘rganilmoqda. Keyingi yilgi test sinovlarida bunday tushunarsiz «e’tiborsizlik»ning oldini olishga va muayyan choralar ko‘riladi.

Imtihonning navbatdagi kuni abituriyentlarning 33 nafari binoga kirishda, 29 nafari esa bino ichida qoidani buzganliklari uchun test sinovlaridan chetlatildi.

Abituriyentlarga har qanday qoidaga xilof usullardan foydalanish foydasiz ekanligini tushuntirsak-da, baribir turli yo‘l bilan shpargalkalar olib kirishga urinishlar kuzatildi.

Masalan, bugun bino ichiga mikrochip olib kirgan abituriyent aniqlanib imtihondan chiqarib yuborildi.
Test natijalaridan to‘plangan ballar ertasi kuni abituriyent shaxsiy elektron manziliga yuboriladi.

Test sinovlaridan juda kam ball yiqqan abituriyentlarning ota-onalari farzandining bundan qattiq tushkunlikka tushgani va o‘ziga zarar yetkazishga harakat qilgani haqida shikoyatlar qilmoqda.

Men bu ota-onalarga murojaat qilmoqchiman: Siz farzandingizni nazorat qiling, shunday ruhiy tushkun holga tushib qolgunga qadar va tushkunlikning oldini olish uchun e’tiborli bo‘ling. Oliy o‘quv yurtiga kirish istagi yuqori bo‘lgan va fanlardan yaxshi tayyorlangan abituriyent hech qachon past ball to‘plamaydi.

Bu ball — bolangizning bor real bilim darajasi.
Test sinovlariga tayyorgarlik jarayonida e’tiborli bo‘lish — keyingi pushaymonlarning oldini oladi.

Diyorbek Qo‘chqorov, Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DTM: Imtihonda past ball olgan abituriyentlar o‘ziga zarar yetkazishga harakat qildi