2 837
50 million so‘mlik videoproyektorlarni yashirincha olib o‘tish rejasi chippakka chiqdi
Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan maishiy texnika tovarlarini noqonuniy olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportida videoproyektorlarni noqonuniy ravishda olib o‘tishga uringan fuqaro to‘xtatib qolindi.
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan xorijdan uchib kelgan fuqaro M.A. ning yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada ushbu shaxs yuklari orasida bojxona nazoratidan yashirilgan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan, umumiy qiymati 50 million so‘mlik 12 dona videoproyektorlar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslar xalqaro aeroportlar orqali o‘z extiyojlari uchun 2000 AQSh dollari ekvivalentigacha bo‘lgan tovar moddiy boyliklarini bojxona to‘lovlarini to‘lamagan holda olib o‘tishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi