Mixail Chudakov: "Karimov davrida mendan Toshkent yaqinidagi yadroviy reaktorni yopishni so‘rashgan"

  • 19 avgust 2019, 22:43
  • 1 551
  • Jamiyat
  • Mixail Chudakov: "Karimov davrida mendan Toshkent yaqinidagi yadroviy reaktorni yopishni so‘rashgan"
    O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov davrida Toshkent yaqinidagi BBP-CM yadroviy tadqiqot reaktorini yopishni rejalashtirishgandi, dedi Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori o‘rinbosari Mixail Chudakov.

    «Avvalgi prezident (Islom Karimov – tahr.) davrida elchi keldi. U bu reaktorni yopish zarurligiga meni ishontirmoqchi bo‘ldi va uni yopish uchun pul topishni so‘radi. Unga bunday qilmaslik kerak, sizlar yadroviy davlatsizlar. Ertami-kechmi albatta atom energetikasiga o‘tasizlar. Uni aslo yopmaslik kerak deb aytdim. Uni bu katta xato ekanligiga ishontirishga bir soat vaqtim ketdi», – dedi Chudakov.

    Chudakov O‘zbekiston ulkan yadroviy energetika yaratish borasida to‘g‘ri qaror qabul qilganini e’tirof etdi.
    «Bu o‘ziga xos energiya manbai. Xalqaro atom energiyasi agentligi O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan 19ta yo‘nalish bo‘yicha yadroviy infrastrukturani mustahkamlashga yordam beradigan qator dasturlarga ega. Men atom energetikasining muqobili yo‘qligiga ishonaman», – dedi u.

    Mixail Chudakov boshchiligidagi delegatsiya dushanba kuni Toshkentga keldi. U ertalab O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida bo‘ldi va O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov bilan muzokara o‘tkazdi.

    Eslatib o‘tamiz, quvvati 2 MVt bo‘lgan yadroviy tadqiqot reaktori 1959 yilda ishga tushirilgan. 1971 yilda yadro reaktorining yangi faol hududi sinovdan o‘tkazilgan va uning quvvati 10 MVtgacha yetgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Mixail Chudakov: "Karimov davrida mendan Toshkent yaqinidagi yadroviy reaktorni yopishni so‘rashgan"