14:40 / 22.08.2019
4 474

Orolboʻyida bir kuz-qish mavsumida 42 yillik ish bajarildi

Orolboʻyida bir kuz-qish mavsumida 42 yillik ish bajarildi
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining maʼlum qilishicha, Orol dengizi qurishining xavfli taʼsirini kamaytirish, hududda ekologik barqarorlikni taʼminlash uchun 2018-2019-yil qish bahor mavsumida 500 ming gektarlik oʻrmonzorlar vujudga keltirildi. 2021 va 2022-yillarda yana 700 ming gektar yerga 100 milliondan ortiq saksovul ekiladi.

2018-2019-yil kuz-qish mavsumida 500 ming gektar maydonga muhofaza oʻrmonzorlarini yaratish uchun daraxt oʻtqazilgan. Bu Ayrim mutaxassislar ushbu koʻrsatkichni 42 yillik natija bilan taqqoslagan – oʻtgan yillar davomida 400 ming gektar maydonga saksovul ekilgan.

Rejalarga koʻra, ikki yilda 700 ming gektar yer yashil hududga aylantirilishi mumkin. Shuningdek, oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan 1,5 ming tonna saksovul, 300 tonna qandim, 150 tonna qoraburoq va 50 tonna choʻl ozuqa oʻsimliklari urugʻini toʻplash, 100 million donadan ortiq saksovul koʻchati tayyorlash, 100 kilometr masofada qumni zichlash, shuningdek, choʻllanishga qarshi kurash boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va hamkorlik oʻrnatish rejalanmoqda.

Koʻrilgan choralar natijasida Orolboʻyida ekologik holatni barqarorlashtirish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, bandlikni oshirish, chorvachilikni rivojlantirish mumkin boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Orolboʻyida bir kuz-qish mavsumida 42 yillik ish bajarildi