17:47 / 21.09.2019
3 174

Buxoroda inson sog‘ligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan soxta tadbirkorlik faoliyatiga chek qo‘yildi

Buxoroda inson sog‘ligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan soxta tadbirkorlik faoliyatiga chek qo‘yildi
Imkoniyat, sharoit, qulaylik bularning barchasi davlatimizda insofli tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida olib borilayotgan sa’y-harakatlar jamlanmasidir. Biroq, berilayotgan imkoniyatlar va yengilliklarga qaramay o‘z manfaatlari yo‘lida qonun doirasini chetlab o‘tib noqonuniy tarzda mumay pul topayotganlar ham yo‘q emas. “Tanganing ikkinchi tomoni ham bor” deganlaridek qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlarning noqonuniy faoliyatga chek qo‘yilishi muqarrar ekanligi negadir soxta tadbirkorlar tomonidan unutilmoqda.

Kuni-kecha Buxoro viloyat davlat soliq boshqarmasi hamda Vobkent tumani davlat soliq inspeksiya xodimlari tomonidan Vobkent tumani Nayman MFYda hududida o‘tkazilgan proflaktik tadbirda ana shunday soxta tadbirkorlik faoliyatiga chek qo‘yildi.
Aniqlanishicha, “Nabiyev va uning o‘g‘illari” MChJga qarashli dorixonada xech qanday zarur hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda fuqaro S. X. tomonidan dori-darmon vositalari sotayotganligi aniqlandi.


Kezi kelganda aytib o‘tish joizki, inson salomatligi yo‘lida xizmat qiladigan har-qanday dori-darmon vositalari belgilangan va maxsus talablarga javob beradigan joylarda saqlanishi shart. Aks holda darmon uchun sotib olingan bunday vositalar inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Vobkent tumanida davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan aniqlangan noqonuniy dori-darmon savdosi bilan bog‘liq holatda ham ana shunday holatlarni kuzatish mumkin. Aniqrog‘i, bu yerda fuqaro Soliha Xojiyeva xech qanday xujjatlarsiz ushbu dorixonada dori-darmon vositalarini ochiq va antisanitariya holatlariga zid ravishda sotmoqda.

O‘tkazilgan proflaktik tadbir davomida 31 turdagi ja’mi 1758500 so‘mlik dori-darmon vositalari savdodan olib qo‘yildi.
Profilaktik tadbir davomida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqbuzarga nisbatan tegishli chora ko‘rish uchun tegishli organlarga yuborildi.

A.Ochilov
DSB matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda inson sog‘ligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan soxta tadbirkorlik faoliyatiga chek qo‘yildi