Foto: Qashqadaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi
17 oktyabr, payshanba kuni respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali xirurgiya bo‘limiga tish tozalayotgan vaqtda igna yutib yuborgan bemor yotqizildi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, bemor 19 yoshli g‘uzorlik Ozod Normatov bo‘lgan.
Filialda ushbu operatsiyani amalga oshirish imkoniyati yo‘qligi sababli, respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bilan kelishuv asosida bemor viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi neyroxirurgiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Unga bo‘yin umurtqasining uchinchisida, chap yon tomonida yot jism (igna) borligi tashxisi qo‘yilgan.
Foto: Qashqadaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi
Bo‘limda o‘tkazilgan konsiliumdan so‘ng 19 oktyabr, shanba kuni bemorda elektro-optika preobrazovatel apparati yordamida shifokorlar Soat Temirov va Suvon Berdiyev tomonidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Mazkur uskuna yordamida hech qanday asoratsiz, qon tomir va nerv tomirlarga zarar bermagan holda igna olib tashlangan.
Foto: Qashqadaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi
Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori To‘lqin Rasulovning ma’lum qilishicha, bunday amaliyot viloyatda, xususan, mazkur tibbiyot markazida EOP apparati yordamida birinchi marta muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilgan.
Ayni paytda bemor o‘zini yaxshi his qilayotgani xabar qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi