2 605
Reklama beruvchilar va tarqatuvchilar qanday miqdorda jarimaga tortilishi mumkin ekani aniq belgilanadi
O‘zbekistonda reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va reklama tarqatuvchilar vakolatli davlat organi tomonidan qanday miqdorlarda jarimaga tortilishi mumkin ekani aniq belgilab qo‘yiladi. Tegishli qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar kiritiladi. Xususan, 29-modda (Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik) beshinchi qism quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va reklama tarqatuvchilar vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi miqdorlarda jarimaga tortilishi mumkin:
noto‘g‘ri reklama berganlik, aksilreklama berishdan bosh tortganlik, reklama qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda;
reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishini tugatish haqidagi ko‘rsatmani o‘z muddatida bajarmaganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda;
reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima qo‘llaydi”;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldiriladi:
“Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga jarima qo‘llash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va/yoki O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalarining qarori bir oy muddatda ixtiyoriy ravishda ijro etilmaganda, jarima mablag‘lari sud tartibida undiriladi”. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?