13:05 / 30.10.2019
3 356

IIBB xodimi avtomobil olib qochgan shaxsni jonini garovga qo`yib to`xtatdi

IIBB xodimi avtomobil olib qochgan shaxsni jonini garovga qo`yib to`xtatdi
Toshkent viloyatida 29 yoshli Feruz M. 25 yoshli Abubakir T.ga tegishli bo`lgan “Lasetti” rusumli avtomobilni olib qochdi. Bu haqida Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi ma`lum qildi.

Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi, ya`ni “Transport vositasini olib qochish” bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Gumonlanuvchini qo`lga olish bo`yicha choralar ko`rish tadbirlari boshlandi.

27-oktyabr kuni taxminan soat 06.15da, davlat raqamlari olib qochilgan avtomobilniki bilan bir xil bo`lgan transport vositasi Chilonzor tumanidagi Bunyodkor ko`chasida YPX va PPX xodimlarining nazariga tushdi. Ammo haydovchi xodimlarning transport vositasini to`xtatish haqidagi qonuniy talabini bajarmasdan, harakatni davom ettirdi.

Chilonzor tumani IIO FMB jamoat tartibini saqlash bo`linmasi boshlig`i podpolkovnik Rixsiev Toxir engil mashinada navbatchilik olib borayotganda olib qochilgan avtomobilni ko`rib qoladi. G`arazgo`y qochishga uringaniga qaramasdan, podpolkovnik o`z avtomobilida uni yo`lni chetiga qisib to`xtatgan va qonunbuzar qo`lga olindi.

Toshkent shahar IIBB rahbariyati fidokor xodimni taqdirlashga qaror qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIBB xodimi avtomobil olib qochgan shaxsni jonini garovga qo`yib to`xtatdi